So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

14 iyu 17:08
Yangiliklar

Engil atletika

SHohrux va Marianna oltin medalni qo'lga kiritdi

Poytaxtimizda engil atletika bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston kubogida ikki yuz nafarga yaqin sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va mamlakatimiz engil atletika federaciyasi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur musobaqaning 10 ming metr masofaga sportcha yurish bahslarida SHohrux Salomov va Marianna Tursunova oltin medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, yuz metrga to'siqlar osha yugurishda Valentina Kibalnikova hamda Ergash Normurodovga teng keladigani topilmadi.

Turli masofalarga yugurish bahslarida Gulsumbi SHaripova, Zulfizar Abdullaeva, Zarnigor Xudoyberdieva, Mavluda Madalieva, Sunnat Ismoilov, Anvar Sarimsoqov, Xurshid Ahmadaliev, Humoyun Mahmudov va Evgeniy Fadeev marra chizig'ini birinchilardan bo'lib bosib o'tdi.

Disk, yadro, nayza va bosqon uloqtirishda SHahrizoda Yusupova Sofiya Burhonova, Sanobar Erkinova, Rigina Adashboeva, Rashid Sodiqov, Doston Rajabov, Bobur SHokirjonov, Javlon Tilavoldixo'jaev mamlakat miqyosida tengsiz ekanini isbotladi. Langar cho'pga tayanib sakrashda Violetta Peregudova hamda Asilbek To'raqulov shohsupaning yuqori pog'onasidan joy oldi.

Uzunlikka, balandlikka va uch hatlab sakrashda qizlar o'rtasida Alina Yablokova, Nadiya Dusanova, O'g'iloy Abdulazizova, o'g'il bolalar orasida esa Nikita Loginov, Dmitriy Melsitov va Dmitriy Pupko eng baland marrani zabt etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing