14 iyu 08:46
Yangiliklar
Futbol

SHomurodov oxirgi 5 ta o'yinda 5 ta gol urdi
Xabar berganimizdek, Rossiya Premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsum birinchi turida Rostov jamoasi Orenburgni 2:1 hisobida taslim etdi.
Uchrashuvdagi ilk golga 24 yoshli hujumchimiz Eldor SHomurodov mualliflik qildi. Bu Eldorning o'zi maydonga tushgan so'nggi beshta uchrashuvdagi 5-goliga aylandi. U o'tgan oy O'zbekiston MTJ safida Suriyaga qarshi (2:0) o'rtoqlik o'yinida, shuningdek, rostovliklar bilan CSKA qarshi (2:1) mavsumoldi uchrashuvida 2 tadan gol urgandi.
«Krasnodar» (0:3) hamda «Gannover» (1:2) bilan nazorat bahslarida esa SHomurodov maydonni golsiz tark etdi. Eldor shuningdek, «Rostov»ning RPLdagi yubiley 500 goli muallifiga ham aylandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar