14 iyu 06:43
Yangiliklar
![](/upload/storage/76318_220.jpg)
SHomurodov va Ionov "Rostov"ga yangi mavsumdagi ilk g'alabani taqdim etdi
Bahsda birinchi gol O'zbekiston MTJ forvardi Eldor SHomurodov tomonidan urildi. U jamoadoshi Aleksey Ionovning qanotdan uzatib bergan to'pini, boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida esa Ionovning o'zi uzoq masofadan gol urib, hisobni oshirdi. Mexmonlar esa Jorje Despotovichning aniq zarbasi evaziga oradagi farqni qisqartirdi.
SHu tariqa, rostovliklar yangi mavsumni g'alaba bilan boshlashdi.
Rostov – Orenburg 2:1 (2:0, 0:1)
«Rostov-Arena»
Gollar: 1:0 – 11 SHomurodov, 2:0 – 42 Ionov, 2:1 – 49 Despotovich.
Rostov – Pesyakov, Kozlov (Logashov, 75), CHernov, Sigurdsson, CHistyakov, Eremenko, Bayramyan (Zuev, 67), Popov, Ionov, Normann, Eldor SHomurodov (Sigurdarson, 82).
Orenburg – Dovbnya, Malix, SHaxov, Kozlov, Terexov, Mishkich, Afonin, Rikardu Alvesh (Kulishev, 61), Malyarov (Ayupov, 72), Sivakov, Despotovich.
Ogohlantirishlar: Bayramyan (26), Malyarov (43), Sivakov (52), Normann (54), Afonin (81).
Fikrlar