08 avg 12:23
Yangiliklar
Futbol

SHomurodovga CSKAdan qiziqish bor, ammo u Evropada o'ynamoqchi
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
"Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov bilan hamkorlik qilayotgan Prosports management vakili Qahhor Mo'minov o'yinchining CSKAga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"CSKA - Rossiyadagi eng obro'li klublardan biri, ammo biz hozircha RPLdan bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqmaslikka qaror qildik.
Uning (SHomurodov) o'zi Evropada o'ynashni xohlayapti. Bizda shunday takliflar ham yo'q emas. Ammo, biz "Rostov"ni hurmat qilamiz. Sotuv shartlari va vaqtlari haqida ular qaror qabul qilishi kerak deb hisoblaymiz", - deydi Mo'minov.
Havola :
Fikrlar