14 apr 23:24
Yangiliklar

SHomurodovning goli "Rostov"ga "Spartak" ustidan g'alaba keltirdi
Rossiya chempionati 23-turining markaziy uchrashuvida "Rostov" va "Spartak" klublari o'zaro to'qnash kelishdi. Mazkur bahsda hamyurtimiz Eldor SHomurodov 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va oradan 17 daqiqa o'tib "Spartak" darvozasini ishg'ol qildi.
Ushbu gol mezbonlarga muhim uch ochko keltirdi. Ayni paytda "Rostov" 35 ochko bilan turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
Rostov – Spartak 2:1
«Rostov-Arena»
Gollar: 1:0 – 13 Gackan, 1:1 – 27 Zobnin, 2:1 – 80 SHomurodov
Rostov – Pesyakov, CHernov, Logashov, Sigurdsson, Parshivlyuk, Eremenko, Gackan, Popov (Sigurdarson, 78), Normann, Ionov (SHomurodov, 63), Glebov (Zuev, 77).
Spartak – Maksimenko, Bokketti, Jigo, Rasskazov, Ayrton, Glushakov (Fernando, 81), Zobnin, Melgarexo (Lomovickiy, 73), Melkadze, Luis Adriano, Ze Luish (Xanni, 38).
Ogohlantirishlar: Parshivlyuk (28), Glebov (45), Logashov (56), Eremenko (61), Bokketti (64), Melkadze (77).
Fikrlar