04 sen 09:36
Yangiliklar
SHon Striklend va Nassurdin Imavov o'rtasida jang rejalashtirilmoqda
Ushbu chempionlik to'qnashuvi 12 dekabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 335 turnirining markaziy voqeasi bo'lishi mumkin. Agar ushbu bahs haqiqatan ham tashkil etilsa, jang revansh maqomiga ega bo'ladi. Jang bo'yicha muzokaralar ketayotgani haqida vaziyatdan xabardor manbalar malum qildi.
Joriy yilning may oyida SHon Striklend Xamzat CHimaev ustidan hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozonib, o'rta vaznda UFC chempioniga aylangan edi. 2023 yilda esa SHon Nassurdin Imavovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi.
Striklenddan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, Imavov oltita jangdan iborat mag'lubiyatsiz seriyani qayd etdi va o'zining so'nggi jangida Kayo Borraloni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi.

Fikrlar