So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

11 mar 16:52
Yangiliklar

Futbol

SHota Arveladze ertangi muhim o'yin oldidan matbuot anjumanida savollarga javob qaytardi

OCHL-2019 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida SHota Arveladze va Egor Krimec ishtirok etishdi.

"Guruhimiz juda kuchli. Qiyin va shiddatli o'yinlar o'tkazdik. Eronda ham, pley-offda ham. Ertaga ham shunday bo'lishini kutayapman. Ammo uyda doim o'ynash yaxshi", - deydi SHota Arveladze. 


"Guruhdagi istalgan bahs og'ir bo'ladi. Yaxshi tayyorlandik. Raqibni o'rganib chiqdik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. O'yinga tayyormiz", - deydi Krimec. 


- Raqib safida alohida ajratib ko'rsata oladigan futbolchi bormi?

- Aniq bir futbolchini ayta olmayman. Ularning hujum chizig'i kuchli, Saudiya Arabistoni chempionatida har o'yinda o'rtacha 2tadan gol urmoqda. 


- Jarohat olganlar maydonga tushishga tayyormi?

- Barcha yigitlar safga qaytishdi va mashg'ulotlarga qo'shilishdi. Umid qilamanki ular ruhan ham tayyor bo'lishadi. 


- Sidiqov kelishi jamoaning o'yin uslubi, sxemasini o'zgartiradimi? 

- U hujumkor yarim himoyachi. Uning kuchli tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz. 


- Nima uchun barcha matbuot anjumanlariga faqat Egor Krimec kelmoqda? Bu "Paxtakor"ning yutqazmayotgani bilan bog'liqmi? CHunki u kelgan matbuot anjumanidan keyin ijobiy natija qayd etayapsizlar.

- Krimec jamoa sardori. Agar keyingi o'yinlarda boshqa futbolchini chaqirsangiz ularni olib kelamiz. Istasangiz 3 nafar futbolchini olib kelamiz. 


- Umar Al Somaning eng kuchli tomonlarini ayta olasizmi?  

Egor Krimec: - Yuqori darajadagi hujumchi. Al Soma jarima maydoni ichida juda xavfli. 


- Ertangi bahsdan oldin muxlislarga nima deysiz? 

Egor Krimec: - Uyda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Yaxshi o'yin bo'ladi, kelib "Paxtakor"ga muxlislik qilishlarini so'rardim. So'nggi bor stadionimiz to'lganiga ancha bo'ldi. Eronda minglab muxlislar qarshisida o'ynash bizga manzur bo'ldi.

Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing