So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

16 sen 16:06
Yangiliklar

Futbol

SHota Arveladze: "Hozirgi tarkibdagi yigitlar bilan bu turnirda uzoqroqqa bora olishimiz mumkin"

Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Hilol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida SHota Arveladze va Jaloliddin Masharipov ishtirok etishdi.

"Bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik. Ko'proq dam olgan holatda, futbolchilarni sog'ligini o'ylab mashg'ulotlarni olib bordik. Bugun yana bir mashg'ulot o'tkazamiz. Har uch kunda bo'ladigan o'yinlarda taqvim grafigi bir xil bo'ladi. Tiklanishga va o'yinga munosib hozirlik ko'rishga etibor berdik",- deydi SHota Arveladze.

- Ertangi "Al Hilol" bilan o'yinda g'alaba qozonish uchun futbolchilar qanday motivaciyaga ega?

Jaloliddin Masharipov
: Birinchi bahsda qiziqarli o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. "Al Hilol" bilan o'tgan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng jamoadagi futbolchilarda o'zlariga bo'lgan kuch va ishonch ortdi. Ertaga ham qiziqarli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Yigitlar uchrashuvga tayyor. "Al Hilol" ham yaxshi shakllangan jamoa ekanligi malum, bejiz raqib musobaqaning amaldagi g'olibi emas. Kichik xatolarni ustida ishlab ertangi o'yinga yaxshi hozirlik ko'rdik.

SHota Arveladze: - Bunday oralig'i qisqa vaqtni tashkil qiladigan o'yinlarda har doim bir tekis o'yin ko'rsata olmaysiz. Mana shunday sharoitda futbol o'ynab nimadir o'rganib xulosa chiqarish mumkin. Men yigitlarimga ishonaman, ular hujumkor futbol ko'rsatib kerakli natijaga erisha olishadi. Umid qilamanki, bizning yaxshi o'yinlarimiz qolgan uchta o'yinda emas balki guruhdan chiqqanimizdan keyin ham davom etadi.




- Birinchi uchrashuvda o'tkazib yuborilgan gollarga qanday izoh bera olasiz, jamoa hushyorlikni yo'qotdimi?

- "Al Hilol"ga qarshi o'yindagi birinchi gol hushyorlikni yo'qotishdan tashqari jonli devorni o'rnatishda xato bo'ldi. O'ng tarafda bo'yi baland, chap tomonga qarab bo'yi kichik futbolchilar qo'yilishi kerak edi. O'sha vaziyatda xato bo'ldi. Natijada Sebastyan Jovinko jarima zarbasidan unumli foydalandi, bunday futbolchilar o'yin taqdirini hal qilib keta oladi. Bu darajadagi futbolchilar "Al Hilol" OCHLda g'olib chiqdi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida Braziliya klubi bilan yaxshi o'yin namoyish etdi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqardik, o'yinga tayyormiz.

- Raqibning qayci jihatlarini kuchli deb ayta olasiz?


- "Al Hilol"da jamoaviy o'yin shakllangan. Himoyachilar, yarim himoyachilar hujumni boshqa tomonga yo'naltira oladi. Hujumga birgalikda o'tishga harakat qilishadi.



- "Paxtakor" O'zbekiston chempionatida yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Mag'lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Lekin, OCHLda jamoa hujumlarni yakunlashga qiynalmoqda...

Jaloliddin Masharipov: - O'zbekiston chempionatini o'ylamagan holatda asosiy etiborni OCHLga qaratdik. Oldimizga katta vazifalar qo'yilgan. O'tgan mavsumda ham OCHLda yaxshi o'yin namoyish etgandik. Hozirgi tarkibdagi yigitlar bilan bu turnirda uzoqroqqa bora olishimiz mumkin. Avvalgi uchrashuvning birinchi bo'limida ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Agar gol urganimizda o'yin boshqacha kechishi mumkin edi. Ertaga vaziyatlardan foydalanishga harakat qilamiz. Bunday o'yinlarda bitta, ikkita gol hamma narsani hal qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing