So’nggi yangiliklar

10:52Таэквондочимиз Нью-Йоркдаги нуфузли “Big Apple” турнирида чемпион бўлди + ФОТО 0 10:31Бектемир Мелиқўзиев жангига тайёргарликни АҚШда бошлади + ФОТО 0 10:10"Реал"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи 0 09:49Расман! Ўзбекистонлик спортчи Octagon League камари учун жанг қилади + ПОСТЕР 0 09:28Расман. Мирафзал Ахтамовнинг LFA 194 турниридаги янги рақиби маълум + ПОСТЕР 0 09:07WBO Мадримовнинг вазнидаги чемпион — Фундорадан камарни олиб қўйиши мумкин 0 08:46ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши муҳим ўйинда майдонга тушамиз 0 08:25Богдан Гусковнинг Жонни Уокерга қарши жанги UFC рақамли турнирига қўшилди 0 08:04Ислам Махачев машғулотларга қайтди 0 07:43Энтони Жошуа - Даниэль Дюбуа реванш жанги санаси маълум 0 07:22Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди 0 07:01Дзюдо бўйича 2026 йилги Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 19:18Академик эшкак эшувчиларимиз Осиё чемпионатида иккинчи бўлишди 0 18:55"Холлоуэйнинг Гэтжига қарши жанги бу бардаги "ишкал"га ўхшади" - Илия Топурия 0 18:33"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди 0

09 fev 14:40
Yangiliklar

Futbol

SHota Arveladze: “OCHLda minimum vazifa - guruhdan chiqish”

OCHL-2020 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “SHabab Al Ahli” uchrashuvi oldidan SHota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bosh murabbiy SHota Arveladzega jamoa sardori Egor Krimec hamrohlik qildi. 

“Birinchi navbatda yangi mavsum bilan barchani tabriklayman. Albatta OCHLni o'z maydonimizda boshlaymiz. Bu musobaqa biz uchun, O'zbekiston uchun juda muhim. Guruhimiz qanday ekanligini bilasizlar. O'z o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz. Ayniqsa dastlabki ikki turni o'z maydonimizda o'tkazishimiz balki qandaydir ustunlik berar. Ertaga muxlislar kelib bizni qo'llab quvvatlashadi deb o'ylayman”, - deydi SHota Arveladze. 

“Men ham yangi mavsum bilan futbol jamoatchiligini tabriklayman. Ertaga o'ylashimcha qiziqarli o'yin kutib turibdi. Ilk o'yin uyda ekanligi yaxshi. O'tgan yilgi OCHLda qilgan xatolar ustida ishladik”, - deydi Egor Krimec. 


- Rahbariyat klub oldiga OCHLda qanday vazifa qo'ydi?
- Guruhdan chiqish vazifasi qo'yildi. 

- Jamoaning jismoniy holati hozir qanday?
- Bir jamoa tonusga kirib olishi uchun 10ta o'yin kerak bo'ladi. Hozirga qadar 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. 

- Raqib haqida nima deya olasiz?
- Kuchli jamoa. Ayniqsa hujum chizig'i kuchli. Ayni paytda BAA chempionatida peshqadam bo'lib turibdi. Futbol o'ynashni yaxshi ko'rishadi. Tarkibida ispaniyalik, argentinalik va braziliyalik legionerlari bor. Bundan tashqari “SHabab Al Ahli” o'z safiga Aziz G'anievga qo'shib oldi.  

- Ertangi bahsga hamma tayyormi?
- Sidiqov, Komilov va Abdullaev kabi futbolchilardan tashqari qolganlar ertangi o'yinga tayyor. Bu o'yinchilar taxminan bir oylardan keyin maydonga tusha boshlashsa kerak.

- Ertaga jamoa hujumkor o'ynaydimi?
- “Paxtakor” o'zi biladigan o'yinni namoyish etadi. O'yin davomida o'z uslubimizdan chekinmoqchi emasmiz. 

- Jamoada bir nafar osiyolik legioner uchun joy qolgan.
- OCHL uchun zayavka qilish vaqti tugadi. Balki ikkinchi davra oldidan o'ylab ko'rarmiz. 

- Raqib safida siz himoyachilarga bosh og'riq bo'ladigan qaysi hujumchilarni ajratib ko'rsata olasiz?
Egor Krimec: -
Aynan bir futbolchini ajratib ko'rsata olmayman. Lekin bosh murabbiy aytganidek kuchli legionerlari bor. Ularga qarshi yaxshi o'ynay olamiz deb umid qilaman. 

- Eren Derdiyok jamoaga qanday qo'shilib ketdi?
Egor Krimec: 
- Eren juda yaxshi yigit. Dastlabki kunlardanoq juda ham yaxshi suhbatdosh ekanligini bildik. SHunchaki o'yindagi o'zaro tushunishni yo'lga qo'yib olishimiz darkor.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing