So’nggi yangiliklar

18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0 16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0 14:57Ўзбекистон кубогининг илк куни 6 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:26"Барселона" "Манчестер Юнайтед"га Жюль Кундени сотиб олишни таклиф қилди 0 13:54Нурсултон Рўзибоев: "Жанг қабул қилинди. Кейинги рақиб — топ!" (ФОТО) 0 13:01Расман. Шоҳжаҳон Эргашев Жукембаев эмас, Шаҳрам Ғиёсовнинг собиқ рақиби билан жанг қиладиган бўлди + ПОСТЕР 0 12:23Аргентина жаҳон чемпионатларида янги жамоавий рекорд ўрнатди 0 11:49Иван Поповда Ўзбекистон сафига ўтиш имконияти сақланиб қолди 0 11:21Ислам Махачевга яна бир спорт туридан Россияда хизмат кўрсатган спорт устаси унвони берилди + ФОТО 0 10:55Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026`нинг ҳозиргача урилган энг яхши голини айтди 0

18 sen 08:31
Yangiliklar

Futbol

SHota Arveladze: "Oxirgi 20 daqiqada jamoalar keyingi o'yinni o'ylay boshlashdi"

Xabaringiz bor, "Paxtakor" jamoasi OCHL 4-turi doirasida musobaqaning amaldagi chempioni "Al Hilol" bilan durang (0:0)ga imzo chekdi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida SHota Arveladze quyidagi fikrlarni aytib o'tdi.

- Ikki turli bo'limlarga guvoh bo'ldik. Birinchi bo'lim ko'proq kutilganidek kechdi, jamoalar yaxshi harakat qilishdi. Vaziyatlar yaratishga urindik. Raqib to'pni nazorat qilish, to'g'ri o'ynashga intildi. SHogirdlarimga birinchi bo'lim uchun minnatdorchilik bildiraman. Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa o'yinchilari og'irroq oyoq bilan o'ynashdi. Uch kunda o'yin rejimida bu oddiy holat. Futbolchilar ko'p tavakkal qilishni istashmadi. Qisqa muddatli turnirlarda ochkoni qo'lga kiritish, keyingi o'yin haqida o'ylash ro'y beradi. Yigitlarni ikki yaxshi o'yin bilan tabriklayman. To'p va suratni nazorat qildik, ammo bazida tajovuzkorlik etishmadi. Zarbalar berish, to'pni uzatishlar etishmay qoldi. Jamoamga keyingi ikki o'yinda ishonaman.

Syurprizlarni kuzatmadik. Biz nazarda tutgan holatlarni raqib ham etiborga oldi. Birinchi bo'limda ancha ochiq o'yin kechdi. Ikkinchi bo'limning oxirgi 20 daqiqasida hamma ochko va keyingi o'yin to'g'risida o'ylay boshladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing