So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

18 fev 17:17
Yangiliklar

Futbol

SHota Arveladze "Paxtakor"ning ertangi uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi

Ertaga, 19 fevral kuni OCHL saralash bahslari doirasida "Al-Nasr" - "Paxtakor" o'yini o'tkaziladi.

Bugun esa ana shu uchrashuvdan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. "Championat.asia" xodimi SHahboz Beg'amov "sherlar"ning OCHL guruh bosqichiga chiqishi hal bo'ladigan bellashuvni yoritish maqsadida BAAga yo'l olgan. Ayni paytda Dubaydagi "Al Maktum" stadionida "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze hamda jamoa himoyachisi Egor Krimec ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.


SH.Arveladze: - Bizni bir o'yindan iborat qiyin bahs kutib turganini bilamiz. Guruh bosqichiga chiqish uchun tig'iz taqvimda o'ynash va yaxshi futbol ko'rsatish talab etiladi.

- Raqib o'yinlarini kuzatdik, kuchli jihatlarini o'rgandik. Bu jamoani hurmat qilamiz, ammo oldimizga g'alaba qozonish maqsadini qo'yganmiz.


- Negredoga qarshi hushyor o'ynashga intilamiz. SHunga harakat qilamiz. Xalqaro tajribamizdan foydalanishga urinib ko'ramiz.


- Bunday musobaqada o'ynaganda hamisha muvaffaqiyat sari intilish zarur. Ertaga esa bir o'yindan iborat to'qnashuvda buni uddalashga urinamiz.

- Bu jamoa ilgari O'zbekiston klublari bilan o'ynagan, ammo ular bir necha yil oldin kechgan. Bizni kutib turgan bellashuvda buning ahamiyati yo'q. Ertaga zafar quchish lozim bo'lgan odatiy uchrashuvni o'tkazamiz. Unda aynan qanday o'ynashimiz o'yinning borishi va raqibga ham bog'liq. Imkoni boricha "Nasr"ning kuchsiz taraflaridan foydalanishga intilamiz.



E.Krimec: - Biz bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Avvalgi haftada Iroq jamoasini mag'lubiyatga uchratdik. Guruh bosqichiga yo'llanma olish uchun endi navbatdagi bellashuvda g'olib chiqishimiz kerak. Biz buni uddalashga intilamiz. Oldimizga yutuqqa erishish maqsadini qo'yganmiz.

- Ertangi o'yin oldidan raqibni chuqur o'rgandik, o'yinlarini tahlil qilib, kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik. Murabbiylarimiz kerakli ko'rsatmalarni berishgan va ertaga shunga qarab o'ynaymiz.

- Ertangi raqibimiz haqida etarlicha tasavvurga egamiz. Umuman arab jamoalariga qarshi ko'p o'ynaganmiz va ularning hamma tomonlarini o'zlashtirganmiz. Ertangi bellashuvda muxlislar bizdan faqat g'alaba kutmoqda. OCHL guruh bosqichiga chiqishni maqsad qilganmiz va bu yo'lda ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Reyting:    

Fikrlar

   
18 fev 17:46:23
Хумоюн
Журналислар блан савол жавоб бомадими?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing