So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

08 apr 16:54
Yangiliklar

Futbol

SHota Arveladze: Xavining kelishi raqibning "Paxtakor"ga bergan bahosi

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mezbonlar ustozi SHota Arveladze va futbolchi Marat Bikmaev qatnashdi.

"Bu juda ham og'ir o'yin bo'ladi. Ularning tarkibini, ularning tarixini bilasizlar. Jamoaning maqsadidan yaxshi xabardorsiz. O'z maydonimizda o'ynaymiz. Ertaga stadionda ajoyib muhit bo'ladi deb umid qilaman. Yaxshi o'yin, effektiv o'yin kutayapman. Natijani oldindan aytish qiyin. Guruhdagi vaziyatni yanada yaxshilamoqchimiz. Guruh bosqichi oxirigacha peshqadam bo'lishni va guruhdan chiqishni istaymiz", - dedi SHota Arveladze.  

"Kayfiyatimiz yaxshi. Umid qilamanki ertaga ham shunday bo'ladi. Bu bittagina o'yin, biz uchun juda muhim bahs. G'alaba qozonish uchun borimizni beramiz", - dedi Marat Bikmaev.



- Ertaga tarkibida Xavi, Gabi, Al Haydos va Bunedja kabi futbolchilari bor jamoaga qarshi o'ynaysizlar. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlari nimada?
- "Al Sadd" safida ko'plab yulduzlar bor. Ularni o'rganib chiqdik. Toshkentda mana shunday kuchli jamoa kelishi bayram. Xavi futbol afsonasi. Gabi ham yuqori saviyada o'ynagan. Ammo bizda ham qobiliyatli futbolchilar ko'p. Bizni qiziqarli o'yin kutamoqda. Bu Toshkentdagi ajoyib futbol kechasi bo'ladi.

- "Al Saad" 21ta o'yinda 92ta gol urdi. Bog'dod Bunedja esa deyarli 40ta gol urdi...
- Har qanday seriya bir kun kelib to'xtaydi. Biz bor kuchimiz bilan ularga qarshilik qilamiz. Agar seriya to'xtamasa ularni olqishlaymiz.

- Xavi o'tgan mavsumda OCHL safardagi o'yinlariga bormagandi. Bu yil ham ilk bor safarga chiqmoqda. Xavi bor va Xavi yo'q jamoa qanday?
- Agar Xavi ilk bor safarga chiqayotgan bo'lsa demak ular "Paxtakor"ni jiddiy raqib sifatida ko'rishmoqda. Xavi maydonda bir soat o'ynashi mumkin, o'sha vaqtni o'zi unga etarli.

- Azamov va Simich ertangi o'yinga tayyormi?
- Ha, kecha ular mashg'ulotda qatnashishdi. Umid qilamanki, ertaga bizda yo'qotishlar bo'lmaydi.

- Ertaga "Paxtakor" qanday o'yin ko'rsatadi? Himoyaviy yoki hujumkor?
- Raqibdan kelib chiqib o'ynaymiz. To'pni nazorat qilish va o'yinni nazorat qilishni istaymiz. Ertaga ko'proq shaxmat bo'lishi mumkin. Bu guruh bosqichi o'yini va har bir o'yin juda muhim.

- Ertaga "Al Sadd"ga syurpriz bormi?
- Agar syurprizlarimiz ko'p desam yolg'on bo'ladi. Ammo bir nechta tayyorlab qo'ygan narsalarimiz bor.

- Siz uydagi ikki o'yinda ham deyarli bir nuqtadan gol urdingiz. Ertaga ham o'sha nuqtada jarima to'pi bo'lishini istarmidingiz?
Marat Bikmaev: - Albatta xohlardim (kuladi). O'yinda vaziyatlardan foydalanish juda muhim hisoblanadi.

- "Paxtakor" jismonan va ruhan tayyormi?
- Osiyo chempionlar ligasidek kuchli musobaqadan oldin yigitlar ruhan tayyorlar. Jismoniy holatga keladigan bo'lsak har bir o'yindan keyin tiklanish va navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing