23 jan 13:45
Yangiliklar
Qilichbozlik
SHpagachilar endi Doxa Gran-prisida bahs olib boradi
Qilichbozlikning shpaga yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 24-26 yanvar kunlari Qatarda o'tadigan Gran-pri turnirida ishtirok etadi.
O'zbekiston qilichbozlik federaciyasining malum qilishicha, Doxada quyidagi 8 nafar qilichbozimiz medallar uchun kurash olib boradi:
Ayollar: SHahzoda Egamberdieva, Dilnaz Murzataeva, Sanam Nazarova, Sevara Rahimova;
Erkaklar: Ahmadjon Fayziev, Javohirbek Nurmatov, Muhammadyusuf Siddiqov, Meyirxan Timurov.
Eslatib o'tamiz, qizlarimiz o'tgan hafta yakunida Bahraynda o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogi bosqichida jamoaviy dasturda bronza medaliga ega chiqishgan edi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar