22 apr 12:27
Yangiliklar
Tennis
SHtutgart. Kvitova uch setlik bahsda g'alaba qozondi
Sayyoramizning o'ninchi raqamli tennischisi Petra Kvitova SHtutgartda davom etayotgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
U ikkinchi davrada 19-raqamli tennischi Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqdi. Ikki soat 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda Petra raqibasini 6:3, 3:6, 6:3 hisoblarida taslim etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Endi u uchinchi davrada Elina Svitolina-Anjelik Kerber bahsi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar