So’nggi yangiliklar

14:18Отдан зарба қабул қилиб олган Шоҳжаҳон Эргашев Батир Жукембаев билан жанги бекор қилиниши ҳақидаги гап-сўзларга жиддий муносабат билдирди 0 13:57Камронбек Ортиқовнинг АҚШдаги илк жанги санаси, манзили ва рақиби маълум (ПОСТЕР) 0 13:36"Пахтакор" Назаров, Ресан ва бошқалар билан ҳамкорликни давом эттиради 0 13:15Фьюри 2026 йилда учта жанг ўтказиши мумкин – менежер 0 12:5421 яшар рус боксчиси Баҳодир Жалоловни жангга чорлади (ФОТО) 0 12:33Australian Open 2026. Мария Тимофеева иштирокидаги баҳс ғолиби уч сетда аниқланди 0 12:12"У ўзгача ўйинчи, Топ трансфер". Пеп Гвардиола Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди 0 11:51Андреа Бочелли Қишки Олимпия ўйинларининг очилиш маросимида чиқиш қилади 0 11:30ESPN 2026 йилнинг илк оғир вазнлилар Топ-10 рейтингини эълон қилди 0 11:09Тожикистонда MMA бўйича 15 ёшли жаҳон чемпиони вафот этди 0 10:48Англия Кубоги 4-раундига қуръа ташланди 0 10:27Энг ёш жаҳон чемпиони иккинчи чемпионлик ҳимоясини ўтказади 0 10:06ESPN 2025 йилнинг энг яхши боксчиси, жанги ва нокаутини эълон қилди 0 09:45Расман: Райан Гарсия - Марио Барриос жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 09:24Расман. Италиялик футболчи фаолиятини "Бунёдкор"да давом эттиради 0

20 jan 16:16
Yangiliklar

Futbol

SHu yil qurib bitkaziladigan stadionlar. Eng yirigi - Afrikada, bittasi esa yulduzga o'xshaydi

Teglar :  FutbolStadionlar
Futbolga bo'lgan etibor va ushbu sport turi muxlislari yuzlab millionni tashkil etgani tufayli har yili o'ndan ortiq yangi stadionlar ochiladi.

Bazilari juda katta, bazilari kichik bo'lsa ham shinam. Etiboringizga joriy yilda ochilishi kutilayotgan 10ta arenani havola qilamiz.


1. "Pol Biyya Stedium" - Yakunde, Kamerun

Kamerunning yangi bosh stadioni o'z bag'riga 60 ming muxlisni sig'dira oladi. Arenaga amaldagi mamlakat prezidenti Pol Biyya nomi berilgan.

Kamerun navbatdagi - 2021 yilda o'tkaziladigan Afrika Millatlar Kubogiga mezbonlik qiladi.


2. Kot-d'Ivuar milliy stadioni - Abijan, Kot-d'Ivuar

Afrikaning yana bir 60 minglik stadioni. Ushbu arenada Uilfrid Zaa va Nikolya Pepelar gollar urishadi. Bu stadion xuddi avvalgisi kabi Afrika Millatlar Kubogi uchun qurilmoqda. Kot-d'Ivuar 2023 yildagi musobaqa mezboni sifatida tanlangan.


3. "Stad Abdelkader Xalef" - Tizi-Uzu, Jazoir

Ushbu arenaga 50 mingdan ortiq ishqiboz sig'adi. Jazoir Afrika Millatlar Kubogida zafar quchganidan so'ng mamlakat prezidenti Abdulaziz Buteflika "Kabili" klubining yangi arenasi uchun pul ajratdi.


4. "SC Stadion" - Frayburg, Germaniya

"Frayburg" so'nggi yillarda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda: Bundesligada o'z o'rniga ega bo'ldi, bu yil xatto evrokuboklarga davogarlik qilmoqda. Bunday jamoaga yangi va zamonaviy arena yarashadi. Hozirgi stadion "SHvarcvald-shtadion" o'z bag'riga 24 ming, yangisi esa 34700 muxlisni sig'dira oladi. Bu jiddiy o'sish.



5. "Styaua"ning yangi stadioni - Buxarest, Ruminiya

Yulduz shaklidagi ajoyib stadion "Styaua"ning eski arenasi o'rniga quriladi. Arenaga 30,5 ming kishi sig'adi. Stadion atrofidagi mashg'ulot maydonlari Evro-2020 uchun Buxarestga tashrif buyurgan jamoalarga baza vazifasini o'tab beradi.


6. "Gyursel Aksel" - Izmir, Turkiya

"Go'ztepa" klubining yangi arenasi juda zamonaviy ko'rinyapti. Uni 2017 yildan beri qurishmoqda. Sig'imi - 25 ming kishi. Gyursel Aksel - mahalliy futbol klubining buyuk sardori va afsonasi.

Qiziq, tomdagi sayr qilish zonasida futbol ko'rishning ilojisi bormikan?


7. "Sanga Stedium" - Kioto, Yaponiya

J-ligadagi eng keksa klublardan biri "Kioto Sanga" yangi va juda chiroyli arenaga ega bo'ldi.


8. "Lokxart Stedium" - Mayami, AQSH

Bu Devid Bekxemning "Inter Mayami" klubi uchun qurilayotgan arena. Klub joriy yildayoq MLSda ishtirok etib, yangi arenada yulduzlarni o'ynatmoqchi.

Agar Bekxem Amerikaga yulduzlarni (gap Kavani, Modrich, Suares va xatto Messi haqida ketmoqda) olib kelsa, 18 minglik stadion kichkinalik qilishi mumkin.


9. "Brentford Kommyuniti graund" - London, Angliya

2016 yilda "Brentford" yangi logotipni taqdim etdi: Eski qalqon o'rnida arining surati paydo bo'ldi. To'rt yil o'tib jamoa APLni orzu qilmoqda (ayni damda ular CHempionshipda 6-o'rinda).

Hozirgi arena "Griffin Park"ga 12 ming muxlis sig'adi, bunday ko'rsatkich bilan Premer-ligada o'ynash - sharmandalik. Yangi stadion 17 ming ishqibozga mo'ljallangan.


10. "Nyu Plau Leyn" - London, Angliya

Londonda yana bir stadion paydo bo'ladi. "Uimbldon" klubi sig'imi 9 ming ishqibozni tashkil etadigan yangi arena qurmoqda. Angliya poytaxti o'lchovlari bo'yicha bu kichik maydonchadek ko'rinar, ammo "Uimbldon" hozir 4 ming kishilik "Kingsmedou" o'ynamoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing