So’nggi yangiliklar

03:25Мойкано Сен-Денига қарши! UFC Paris турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 00:04Жаҳонгир Жумаев иштирокидаги UAE Warriors 54 турнирининг марказий жанги тўлиқ давом этди 0 20:17"Ҳафа бўлди". Двалишвили Инстаграмда Нурмагомедовни блоклаб қўйди 0 19:55Конор Макгрегор ММА тарихидаги энг зўр 5 нафар спортчини айтди, Жон Жонс рўйхатда йўқ 0 19:33Топурия - Холлоуэй жанги учун захира варианти маълум 0 19:12"Навбаҳор" собиқ устозини МЮ базасига киритишмади 0 18:51Боксчи қизларимиз федерация базасида йиғин ўтказишмоқда + ФОТО 0 18:30UFC Paris турнирининг тўлиқ карди ва бошланиш вақти билан танишинг 0 18:09Мераб Шон О'Мэлли билан жанг қилиш истагини билдирди. Нурмагомедов бунга муносабат берди 0 17:48Биргина аёл бутун бошли "Рома"нинг режаларини бузиб ташлади 0 17:27Гулистонда гимнастрада ғолиблари аниқланди 0 17:06Бугун Жаҳонгир Жумаев UAE Warriors турнирининг марказий жангида октагонга чиқади 0 16:45Ниҳоят! Белал Муҳаммад илк ҳимоя жангини Шавкат Раҳмоновга қарши ўтказмоқчи 0 16:24"Барселона"га келаётган посбон иккинчи дарвозабон бўлишга рози, аммо... 0 16:03China Open. Андрей Рублёвнинг юриши бошланди 0

10 sen 17:10
Yangiliklar

Futbol

SHuhrat Po'latov: "Navbatdagi mundiallarda albatta hakamlarimiz ishlashadi"

Ertaga Kolumbiyada futzal bo'yicha jahon chempionati start oladi.
Eng quvonarlisi, ushbu mundialda Xose Mariya Mendes boshchiligidagi terma jamoamiz ilk bor ishtirok etadi. Mamlakatimiz terma jamoasi Evropaning, eng kuchli terma jamoalaridan biri, tarkibida Rikardinodek futbolchi harakat qiluvchi Portugaliya, mezbon Kolumbiya va Panama kabi terma jamoalar bilan bir guruhdan joy olgan. SHunday mundialni orziqib kutayotgan hamyurtlarimiz tabini biroz xira torttiradigan jihati ham yo'q emas. CHunki, katta futbolda hakamlari bilan mashhur bo'lgan mamlakatimizning birorta ham vakili mundial hakamlari ro'yxatidan o'rin olmagan.  Bilamizki, bu borada SHuhrat Po'latov har qanday xalqaro musobaqalarda ishtirok etish tajribasiga ega. Qolaversa, Osiyo va Jahon elit hakamlar orasidan o'rin olganligi ham barchaga birdek malum. Xabaringiz bo'lsa, u yurtimizda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida ham ishtirok eta olmagandi.


SHuhrat aka bilan suhbatlashib, nafaqat Osiyo chempionati va mundialdagi ishtirok masalasi, balki sanoqli kunlardan so'ng Kolumbiyada start oladigan Jahon chempionati va unda ishtirok etuvchi terma jamoamiz haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

– SHuhrat aka mundialdan chetda qolganingiz, yurtimiz vakillaridan birortasi Jahon chempionati o'yinlarini boshqara olmasliklari bizni taajjubga soldi. Har xolda mamlakatimiz futzali rivojlangan mamlakatlar qatorida etirof etiladi?
– Xabaringiz yo'q shekilli. Men hakamlik faoliyatimni tugatdim. Bunga jarohat sabab bo'ldi. SHuning uchun ham Osiyo chempionatida ishtirok eta olmadim. Hozirda, mamlakatimiz mini futbol hakamlar qo'mitasining direktori lavozimida faoliyat olib boryapman. Navbatdagi musobaqalarda, albatta, hakamlarimiz mundial o'yinlarini boshqaradi.

– To'g'rikuya, lekin futzal borasida bizdan kamtarinroq bo'lgan qo'shnilarimiz Qirg'izistondan ham Nurdun Bukuev  ushbu mundialga taklif etilgan. Nahotki, shu paytga qadar yurtimizda Jahon chempionatida ishtirok eta olish saviyasidagi yagona inson bo'lgan edingiz?
– Qirg'izistonlik Nurdun Bukuevga kelsak, u nafaqat Osiyoda, balki Jahon miqyosida ham saviyali hakamlar qatorida etirof etiladi. Biz Nurdun bilan musobaqalarda birga ishlaganmiz. Uning o'ziga xos kuchli tomonlari bor. Endi o'zimizning hakamlarimiz to'g'risida so'z yuritadigan bo'lsak, hozirda saviya jihatidan mukammallikka erishib kelayotgan izdoshlarimiz bor. Misol uchun, Anatoliy Rubakovni alohida takidlab o'tgan bo'lar edim. Qolaversa, 4 ta xalqaro toifadagi hakamga egamiz. Umuman olganda yurtimizda yoshlar bilan ishlash yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bu borada o'ziga xos maktab mavjud, desam yanglishmagan bo'laman.

– Keling endi, Jahon chempionatida vakillarimizning imkoniyatlari va guruhimizdagi raqiblarimiz borasida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
– Jahon chempionatiga har doim eng kuchlilar yo'l olishgan. O'ylashimcha, bizning guruh eng murakkabi. Birinchi raqibimiz Panama bilan uchrashuv ko'p vaziyatga oydinlik kiritadi. Hozirgi kunda terma jamoamiz ulardan har jabhada kuchli.  Portugaliya haqida esa ortiqcha tarifning keragi yo'q. Kolumbiya borasida ham iliq fikrlar bildirish mumkin.Ularning qay darajada ekanligini 2012 yilgi mundialda Osiyoning amaldagi chempioni Eron terma jamoasini mag'lub etganidan ham bilsa bo'ladi. Ajoyib jamoa. Mezbon ekanligini ham alohida aytib o'tish joiz. Axir o'z uyingda devorlar ham yordam beradi,  degan ibora bekorga aytilmagan.


– Terma jamoamiz tarkibi, undagi o'zgarishlar haqidagi fikringiz? Aksariyat muxlislar Jamoliddin SHaripov va Klim Tyugaevni mundialdan chetda qolganligini to'g'ri qaror, deb hisoblashmayapti.
– Pulpis o'ziga xos murabbiy. Jahondagi eng kuchli mutaxassislardan biri. Terma jamoada u murabbiy ekan,  demak tarkibni u shakllantiradi, o'zi munosib deb bilgan o'yinchini tanlaydi. Qolaversa, hozirda yoshlarga katta etibor qaratyapti.

– Jahon chempionati avvalida, eng sara raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilindi. Jumladan, Qozog'iston, Ozarbayjon, Eron, Portugaliya va Ispaniya demak futzal terma jamoamiz o'ziga xos obro'-etiborga egaki, jahonning grand jamoalari o'rtoqlik uchrashuvlarga “labbay” deb javob bermoqda shunday emasmi?
– Albatta. Birinchi prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov  sportga juda katta etibor qaratdi. Oxiratlari obod bo'lsin! Bu inson davrida mamlakatimiz sporti ravnaq topdi. Jumladan futzal ham. Qolaversa, futzalni rivojlantirishda jonkuyar insonlarning ham ulkan mehnati yotibdi. Ushbu omillar Osiyoning etakchi terma jamoalaridan biriga aylana olishimizga xizmat qildi va jahonda o'z o'rnimizga ega bo'ldik. SHunday ekan hozirda, istalgan terma jamoa biz bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishga bajonidil rozi bo'ladi.

– Siz Jahon chempionati va ko'plab xalqaro turnirlarda ishtirok etgansiz. SHuning uchun ham ushbu chempionatdagi hakamlar borasida malumotga egasiz. Aytingchi, mazkur mundialdagi eng kuchli hakam, deb kimni etirof etgan bo'lardingiz?
– Ularning hech birini alohida takidlab o'tmagan bo'lardim. CHunki, bunday musobaqalarga hakamlar ko'plab sinovlardan o'tgandan keyin taklif etiladi. Yani Jahon chempionatlarini hech qachon bo'sh hakamlar boshqarmaydi. SHunday ekan barchasini kuchli va mahoratli hakamlar deb bilaman.

– Balki musobaqa avvalida  jahon chempioni qaysi yurt vakillari bo'lishi borasida taxmin qilib ko'rarsiz?
– Doimo yaxshi niyat qilish kerak. Agar, bizning terma jamoa ishtirok etmaganda, hozir birorta boshqa davlatni aytgan bo'lar edim. Lekin bizning terma jamoa ishtirok etmoqdami? Demak, yurtimiz vakillari chempion bo'ladi. Garchi, bu amalga oshishi qiyin bo'lgan taqdirda ham. Zero, Birinchi Prezidentimizning “Biz hech kimdan kam emasmiz va aslo kam bo'lmaymiz ham” degan so'zlarini javob tariqasida qabul qilasiz.

– Nima deb o'ylaysiz, ushbu Jahon chempionatidan so'ng, vakillarimizga xorijdan takliflar bo'ladimi? Demoqchimanki, shunday imkoniyatga ega deb qay bir futzalchimizni ko'rsatgan bo'lardingiz?
– Albatta, bunday musobaqalarda ishtirok etish futzalchilarimiz uchun ulkan imkoniyat eshigini ochadi. O'ylaymanki, xorij jamoalarida to'p surishga qodir yigitlarimiz talaygina topiladi. Dilshod Rahmatov,Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Javlon Anorov shular jumlasiga kiradi.

– Ommaviy axborot vositalari tomonidan futzalni yoritish ko'ngildagidek, deb o'ylaysizmi?
– Bu borada havasga arzigulik ishlar olib borilyapti deb o'ylayman. Ayniqsa, sport kanali va “Chempionat.asia” sayti peshaqdamlardan hisoblanishadi.

– Odatda, futzalni “Sport” kanalida Komil  Jumaev sharhlaydi. U kishining, umuman sharhlar sizda qanday taassurot qoldiradi. SHarh jarayoniga taklif qilishsa, buni uddalay olarmidingiz?

– Komil aka futzalga kirib kelganimda ham sharhlardi. Futzaldagi faoliyatimga 14 yil bo'lyapti. Bu insonda ulkan tajriba mavjud. Yurtimiz futzalchilarini nomma-nom taniydi. SHarhi ham ajoyib, bu borada gap bo'lishi mumkin emas. Umuman kim sharhlasa ham o'z ishini professionallari deb bemalol ayta olaman. CHunki bu kasb juda murakkab hisoblanadi. SHarhlovchi Murod  Rizaev taklif qilgandi. O'zbekiston terma jamoasining 2014 yil Vetnamda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini sharhlab borganmiz. O'shanda sharh qanchalik qiyin ekanligiga guvoh bo'lganman.

– Umuman futzaldagi faoliyatingiz davomida orzularingizga erishdingizmi?

– Erishdim deb bemalol ayta olaman. CHunki, terma jamoamiz bilan Jahon chempionatida ishtirok etishni niyat qilgandim. Garchi o'zim ishtirok eta olmayotgan bo'lsamda, vakillarimizning Jahon chempionatiga yo'l olganidan juda baxtiyorman. Yana bir niyatim bor. Milliy terma jamoamiz futbolchilari ham 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati ishtirokchisiga aylansin. Barchasiga –  futzalchilarimizga ham futbolchilarimizga ham omad tilayman.
 


Ahmadbek ESHMATOV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing