13 apr 07:08
Yangiliklar
Futbol

SHukurovning "SHarja"si chempionlik sari yana bir qadam tashladi
Hamyurtimiz Otabek SHukurov to'p tepayotgan "SHarja" klubi mavsumni ko'tarinki kayfiyatda davom ettirmoqda.
"Baniyas" mehmoni bo'lgan sharjaliklar irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Suxail Axmed Al Nubi tezkor goli evaziga hisobni ochgan bo'lsa, birinchi bo'lim yakunlanishga 10 daqiqa qolganida Igor Koronado muvozanatni tikladi - 1:1.
Ikkinchi bo'limning 74-daqiqasida Koronado penaltini aniq amalga oshirgan holda "SHarja"ga 3 ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. Bahsda Otabek SHukurov jarohati bois ishtirok etmadi.
Ushbu g'alabadan so'ng, sharjaliklar hisobidagi ochko 50 taga etdi. Ularning eng yaqin taqibchisi "Al Ayn" 38 ochkoga va 1 ta o'yin zaxirasiga ega bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar