04 jan 12:50
Yangiliklar
SHumaxer F-1dagi ilk g'alabasini qo'lga kiritgan bolid 8,5 mln evroga sotuvga qo'yiladi + FOTO
Bu 1992 yilgi mavsumdagi Benetton-Ford jamoasining 05 raqamli shassisi bo'lib, unda Mixael SHumaxer faoliyatidagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritgan. Bolidning taxminiy narxi 8,5 million evrodan oshadi.
Aynan shu bolidda etti karra jahon chempioni Mixael SHumaxer 1992 yilda "Spa-Frankorsham" trassasida Belgiya Gran-prisida g'olib chiqqan. Hammasi bo'lib, nemis bu mashinada 1992 yilgi mavsumning beshta bosqichida qatnashgan va Kanada Gran-prisida ikkinchi o'rinni egallagan.
"Men buni chindan ham tasvirlab berolmayman. Butun hafta davomida o'zimni ancha yaxshi his qildim va bugun motor zalida bo'lganimda, bu poygada g'alaba qozonishim mumkinligini o'yladim. Men jamoaga minnatdorlik bildirishim kerak... bu g'alabani nemis muxlislariga bag'ishlashim lozim", - deya SHumaxerning o'sha g'alabadan keyingi so'zlarini keltiradi aukcion uyi sayti.
Benetton sportdan ketganidan so'ng, mashina Renault Classic kollekciyasida saqlangan.


Fikrlar