03 jan 18:13
Yangiliklar
Formula-1
SHumaxerning menejeri bir haqiqatni oshkor qildi
Formula-1 afsonasi, etti karra jahon chempioni Mixael SHumaxerning sobiq menejeri Villi Veber bir haqiqatni oshkor qildi.
“Men o'sha paytda Mixaelni chaqirib, “Formula-1”ga qaytmasligi kerakligini, agar bu qaroridan qaytmasa, katta xatoga yo'l qo'yishini aytgandim. Aks holda sen yutqazasan deb jiddiy tarzda ogohlantirgandim.
O'sha paytda SHumaxer bilan 2014 yilgacha amal qiladigan shartnomam bor edi. Lekin o'zim kelishuvni muddatidan avval buzgandim. CHunki, davlatma davlat yurish jonimga tekkandi. Hamma narsaning ham o'z vaqti bor. Mixael bilan 20 yil hamkorlik qildim. Afsus, tarixni ortga qaytarib bo'lmaydi”, - dedi Villi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar