So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

13 iyu 15:44
Yangiliklar

Futbol

SHunaqasi ham bo'ladi: "Zenit" murabbiyi "Krilya Sovetov"ga futbolchi sifatida o'tdi

Joriy yil butsasini mixga ilgan hamda murabbiylikka o'tgan Anyukov mazkur faoliyatini ham tugatdi va eski ishiga qaytdi.

Rossiya chempioni "Zenit" safida ko'p yillar o'ynagan himoyachi Aleksandr Anyukov iyun oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida elon qilgandi.

SHundan so'ng Sergey Semak boshqaruvidagi murabbiylar shtabiga yordamsi sifatida ishga kirishgan va murabbiylik faoliyatini boshlagan Anyukov qarorini o'zgartirdi. "Zenit"ni yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida murabbiy sifatida ishtirok etgan Anyukov futbolchilik faoliyatini qayta tiklashga ahd qildi.

Bunga "Krilya Sovetov" jamoasidan bo'lgan qiziqish sabab bo'lgan. "Zenit"da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagan Anyukov yana mixga ilgan butsalari olib Samaraga yo'l olgan va murabbiylik ishini tugatishni maqul ko'rgan.

Qayd etish kerakki, futbolchi aynan Samarada tug'ilgan va futboldagi ilk qadamlarini "Krilya Sovetov"da qo'ygan. Anyukov allaqachon Samaraga etib borgan va yangi jamoasi bilan Rossiya chempionatining dastlabki turi doirasidagi CSKAga qarshi o'yinga taraddud ko'rmoqda.

"Zenit" klubi esa Anyukovga yangi mavsumda futbolchilik faoliyatida omad tilashini maqul qilgan. Aleksandr Anyukov "Krilya Sovetov"da 22-raqam ostida to'p tepadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing