10 fev 12:56
Yangiliklar
Boks/MMA
SHunchaki dahshat. Nafaqadagi Meyvezer bir yilda qancha soliq to'laganini malum qildi
Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o'tgan yil qancha soliq to'laganini malum qildi.
Engilmas bokschi bir yil uchun 18 million dollardan ko'proq soliq to'lagan.
“O'tgan yil uchun 18,047,181 dollar soliq to'ladim. Bu men hozirda nafaqada bo'lganim uchun kamroq. Agar hali ham boksda bo'lganimda bu summa ancha ko'p bo'lardi”, — deb yozib qoldirgan Floyd.
Eslatib o'tamiz, 46 yoshli bokschi faoliyati davomida 50 ta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar