So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

26 noy 21:31
Yangiliklar

Boshqalar

“SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining Respublika bosqichi o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  SHunqorlar
Hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikaciya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir sharoitda mamlakatimiz yoshlari manaviyatini turli tahdidlardan asrash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

SHu bois, fuqarolar, ayniqsa yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak manaviyat, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash “Vatanparvar” tashkilotining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi Qonuni hamda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning belgilab bergan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida “Vatanparvar” tashkilotida harbiy vatanparvarlik va yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi yaratildi.

Tashkilot tizimida yoshlar bilan ishlarni tashkil etishda “Vatan taraqqiyotiga xizmat qilish va sodiq bo'lish” konceptual harbiy-vatanparvarlik g'oyasi ostida tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

“Vatanparvar” tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan ana shunday keng qamrovli yirik tadbirlardan biri “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining qayta tiklangani bo'ldi. 

Endilikda ushbu o'yinlar “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan har yili ananaviy tarzda o'tkazilib boriladi, shuningdek, yoshlarning harbiy-sport harakatiga aylantiriladi.

Bulardan ko'zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz yoshlari qalbida vatanparvarlik, mardlik, jasorat tuyg'ularini shakllantirish, ularni harbiy xizmatga tayyorlashda davlat boshqaruv organlariga ko'maklashish, sportga keng jalb etish, jismonan va ruhiy chiniqtirish hisoblanadi. 

Malumki, “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlari ayrim sabablarga ko'ra bir necha yildan buyon o'tkazilmay kelinayotgan edi.

Hozirda “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlari butunlay yangi yondashuv asosida va zamonaviy uslublarni qo'llash orqali tashkil etilib, unda asosiy etibor yoshlarda harbiy xizmat ko'nikmalarini shakllantirishga hamda ularni manan, jismonan va ruhan chiniqtirishga qaratiladi.

Yangiliklardan biri, “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining ilk bor bayrog'i va emblemasi yaratilib, asosiy ramzi sifatida shunqor qushi tanlandi. Bu bejiz emas, chunki shunqor qushi lochinsimonlar oilasiga mansub kuchli qush bo'lib, ko'chma manoda mard, jasoratli, botir shaxsga nisbatan qo'llaniladi.  

Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari Qurolli Kuchlar Akademiyasining dala o'quv bazasida “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarining Respublika bosqichi o'tkazildi. Unda “Vatanparvar” tashkilotining hududiy kengashlaridan 154 nafar, 17 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan “Yoshlar daftari”da ro'yxatda turuvchi yoshlar hamda uyushmagan yoshlardan tashkil topgan 14 ta jamoasi ishtirok etdi.

Takidlash joizki, “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlari Toshkent viloyatida joylashgan Qurolli Kuchlar Akademiyasining dala o'quv bazasida tashkil etilib, yoshlar bevosita unda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va dala o'quv moddiy negizi bilan yaqindan tanishishdi. 

Qurolli Kuchlar Umumqo'shin nizomlarining ichki tartib qoidalari asosida kursantlar yotoqxonasida yashab, kursantlarning kundalik hayoti, harbiy xizmat o'tashning shart-sharoitlari bo'yicha ko'nikmalar hosil qildilar.

“SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarida yoshlar asosan uchta blokdan iborat sinovlardan o'tkazildi. “Harbiy-vatanparvarlik blokida” jamoa azolarining O'zbekiston harbiy tarixiga doir bilimlari sinovdan o'tkazildi.

“Harbiy-amaliy ko'pkurash blokida” jamoalar pnevmatik quroldan o'q otish, o'quv granatasini uzoqlikka uloqtirish va harbiylashtirilgan estafeta bo'yicha bellashdilar. “Sport blokida” jamoalar duatlon, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish bo'yicha o'zaro musobaqalashdilar.

Bundan tashqari “Mohir mergan” va “O'zbekiston harbiy tarixi bilimdoni” nominaciyalari bo'yicha shaxsiy birinchiliklar ham o'tkazildi.

“SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlari davomida yoshlarning musobaqa shartlarini bajarishlarida g'alabaga kuchli intilishi, harbiylikka bo'lgan qiziqishi, chaqqonligi va mohirligi hamda g'ayrat-u shijoati yaqqol ko'zga tashlanib, ushbu o'yinlarga o'ziga xos ko'rk bag'ishladi.

Do'stona ruhda, shu bilan birga shiddatli va murosasiz kechgan harbiy-sport o'yinlarida Toshkent viloyati jamoasining qo'li baland kelib birinchi o'rinni egallab, O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisining ko'chma kubogi sohibi bo'ldi.

2-o'rin Namangan viloyati jamoasiga, 3-o'rin esa Surxondaryo viloyati jamoasiga nasib etdi. “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlarida faxrli o'rinlarni egallagan jamoa azolariga, shuningdek nominaciyalar g'oliblariga “Vatanparvar” tashkilotining qimmatbaho sovg'alari ham topshirildi.

Takidlash joizki, respublika miqyosida o'tkazilgan “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlari “Vatanparvar” tashkilotining “Vatan taraqqiyotiga xizmat qilish va sodiq bo'lish” konceptual harbiy-vatanparvarlik g'oyasi ostida yoshlarni birlashtirishga yaxshi zamin yaratdi. 

Bu esa Tashkilot tomonidan tayyorlanayotgan vatanparvar yoshlar Yangi O'zbekistonning mudofaa qudratini mustahkamlashda hamda ravnaq topishida salmoqli hissa qo'shishini anglatadi.

Darhaqiqat, “SHunqorlar” harbiy-sport o'yinlari “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan yoshlarni Vatanga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo'lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarining yana bir yorqin isbotidir.

O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing