15 apr 15:36
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Juftliklar. Sanjar Fayziev bosh sovrinni qo'lga kiritdi
Tennichimiz Sanjar Fayziev Qozog'istonda bo'lib o'tgan turnirning juftliklar bahslarida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Rossiyalik Ivan Gaxov bilan juftlik hosil qilgan Sanjar finalda Libor Salaba (CHexiya) va Adrian Sikora(Slovakiya)larga to'qnash keldi. 1 soat 25 daqiqa davom etgan bahsda vakilimiz harakat qilgan juftlik 7:6, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va turnir g'olibiga aylandi.
Biroz avval esa u yakkalik bahslarining yarim finalida ispaniyalik Mario Martinesga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Takidlab o'tish lozimki, Sanjar 2 kun ichida 5 ta o'yin o'tkazdi va ularning to'rttasida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar