15 apr 10:00
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Sanjar bugun bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir o'tkazilyapti.
Yakkalik bahslarida turnirning to'rtinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan hamyurtimiz Sanjar Fayziev juftliklar bellashuvida ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Bugun Sanjar turnir bosh mukofoti uchun kortga chiqadi.
Rossiyalik Ivan Gaxov bilan juftlik hosil qilgan Fayziev hal qiluvchi final uchrashuvida chexiyalik Libor Salaba hamda slovakiyalik Adrian Sikora hamkorligi bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar