19 apr 09:18
Yangiliklar
Tennis
Shymkent Open. Yasmina va Albina etib kelishdi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqaning asosiy to'rida ikki nafar hamyurtimiz ham o'z mahoratini namoyish etayotgandi.
Afsuski, ularning har ikkisi ham ikkinchi davra uchrashuvida mag'lubiyatga uchrashdi. Asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan istedodli tennischimiz Yasmina Karimjonova turnirning oltinchi raketkasi rossiyalik Polina Golubovskayaga 1:6, 4:6 hisobida yutqazdi.
Musobaqada beshinchi raqam ostida tasniflangan tajribali tennischimiz Albina Xabibulina esa kutilmaganda moldovalik Vitaliya Stamatga 4:6, 6:7(6) hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini to'xtatdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar