20 jan 12:18
Yangiliklar
Tennis
Simona Xalep 15:13 hisobida g'alaba qozonib, to'rtinchi bosqichga chiqdi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi raundida kortga chiqdi.
Ruminiyalik tennischi ushbu bosqichda amerikalik Loren Devisga qarshi o'yin o'tkazdi. 3 soat 45 daqiqa davom etgan o'yinda Simona 4:6, 6:4, 15:13 hisoblarida g'alaba qozondi va to'rtinchi davraga yo'l oldi.
Endi u chorak finalga chiqish uchun Barti/Osaka o'yini g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar