22 jan 10:19
Yangiliklar
Tennis
Simona Xalep Australian Open to'rtinchi davrasiga chiqdi
Melburn shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirib ulgurdi.
Ayollar o'rtasidagi musobaqada dunyoning 15-raketkasi Simona Xalep 65 daqiqa davom etgan uchinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 98-pog'onadan joy olgan chernogoriyalik Danka Kovinichni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/1.
Xalep kortda o'tkazgan daqiqalari davomida 3 ta eys zarbani amalga oshirdi va to'pni o'yinga kiritishda ikkita qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Raqibasining oltita to'p uzatishini yutib olgan. Kovinich esa umuman eys zarba yo'llay olmadi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Ruminiyalik tennis malikasining to'rtinchi davradagi raqibasi franciyalik Alize Korne bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar