25 jan 12:47
Yangiliklar
Tennis

Simona Xalep Avstraliyada finalga chiqdi
Dunyoning birinchi raketkasi Simona Xalep Avstraliya ochiq chempionatining yarim finalida kortga chiqdi.
Ruminiyalik tennischi yarim finalda dunyo reytingida 16-o'rinda qayd etilgan germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi o'yin o'tkazdi.
2 soat 22 daqiqa davom etgan o'yinda Xalep 6:3, 4:6 8:6 hisoblarida g'alaba qozondi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi u bosh mukofot uchun daniyalik Karolin Voznyackiga qarshi bahs yuritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar