29 apr 07:29
Yangiliklar
Tennis
Simona Xalep Madrid turnirining ikkinchi davrasiga yo'l oldi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha Madrid Open turniri bo'lib o'tmoqda.
Jahonning 21-raketkasi, ruminiyalik Simona Xalep musobaqaning birinchi davrasida WTA reytingida 40-o'rinni egallab turgan xitoylik CHjan SHuayni 6/2, 6/3 hisobida mag'lub etdi va turnirning ikkinchi davrasiga yo'l oldi.
Bir soatu 10 daqiqa davom etgan uchrashuvda Simona to'rtta eys va beshta breyk amalga oshirib, ikki bor qo'sh xatoga yo'l qo'ydi. SHuay esa bittadan eys, breyk va qo'sh xato qayd etdi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida ruminiyalik tennischi hisobda oldinga chiqib oldi - 3:2.
Ispaniyadagi musobaqaning ikkinchi davrasida Xalep ispaniyalik Paula Badosaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar