01 apr 17:06
Yangiliklar
Sindarov: "Bolaligimizda Praggnanandha bilan ko'p o'ynaganmiz va deyarli har doim u yutardi"
O'yindan keyin u partiyaning hal qiluvchi lahzalari haqida fikr bildirdi.
"O'yin boshidanoq ishonchli o'ynashni xohlagandim. Lekin Pragg meni pozicion jihatdan siqa boshladi. SHunda tavakkal qilishga majbur bo'ldim va bu ishladi.
Avvaliga qurbonlikdan keyin xavotir bo'ldi — go'yo sipoh etishmayotgandek edi. Lekin keyin ko'rdimki, filim kuchli, ikkita piyodam bor va raqibimning shohi xavfsiz emas. SHundan keyin poziciya menga yoqa boshladi. Praggnanadha juda kuchli o'yinchi. Bolaligimizda ko'p o'ynaganmiz va deyarli har doim u yutardi. Bu safar esa o'yin keskin kechdi va menga omad kulib boqdi. Bu partiyada vaqt ham juda muhim rol o'ynadi. Murakkab poziciyada aniq yurish topish uchun vaqt hal qiluvchi omil. Menimcha, u ortiqcha vaqt sarfladi", deydi Sindarov.
Hamyurtimiz bugun amerikalik Fabiano Karuana bilan bahs olib boradi.
Fikrlar