17 iyu 08:43
Yangiliklar
SHaxmat
Sindarov - Gukesh jahon toji uchun matchi O'zbekistonda bo'ladimi?
O'zbekiston shaxmat federaciyasi Bosh kotibi Bobur Sattorov Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarovning amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommaradjuga qarshi bo'lajak o'yini haqida gapirdi.
"O'zbekiston shaxmat federaciyasi bu matchni o'tkazish uchun hech qanday rasmiy taklif bergani yo'q. O'yin noyabr oyining oxirgi haftasidan dekabr oyining ikkinchi yarmigacha bo'lib o'tadi. Lekin qaerda o'tkazilishi bo'yicha yangilik yo'q.
Arizalarni qabul qilish 16 iyungacha uzaytirilgandi. Umid qilamizki, Javohir yaxshi sharoitlarga ega, issiq mamlakatda o'ynaydi", dedi Bobur Sattorov Olamsport.com muharriri Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda.
Katta ehtimol bilan mezbon mamlakat Saudiya Arabistoni bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar