14 iyu 14:01
Yangiliklar
SHaxmat

Sindarov jahon chempionati uchinchi kunining eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi
SHu kunlarda dunyo shaxmat ommasining nigohi Buyuk Britaniyaning London shahrida o'tkazilayotgan rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jamoaviy Jahon chempionatiga qaratilgan.
Kecha jamoalar o'rtasidagi dunyo birinchiligida rapid bahslari yakuniga etdi. O'zbekiston terma jamoasi 17 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 55 jamoa orasida 4-o'rinni egalladi. Kuchli uchlikni yakunlab bergan jamoa ham biz singari 17 ochko to'plagani biroz alamli bo'ldi.
Lekin quvonishga arzigulik xabarlar ham bor. Ikkinchi doskada bironta ham mug'lubiyatga uchramagan Javohir Sindarov shaxsiy yo'nalishda oltin medalni qo'lga kiritdi. U shuningdek, kechagi, so'nggi kunning eng yaxshi shaxmatchisi deb ham topildi. Nodirbek Abdusattorov esa birinchi taxtada kumush medalga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar