16 apr 10:18
Yangiliklar
Sindarov "Nomzodlar turniri"dan qancha ishlab oldi?
Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 700 ming evroni tashkil etgan bo'lsa, Javohir uning salmoqli qismini qo'lga kiritdi.
Mukofot qanday shakllandi?
Turnir qoidalariga ko'ra, g'oliblik uchun belgilangan 70 ming evro miqdoridagi asosiy mukofotdan tashqari, har bir to'plangan yarim ochko uchun shaxmatchilarga qo'shimcha 5 ming evrodan bonus beriladi.
Javohir turnir davomida jami 10 ochko to'pladi. Bu degani, u 20 marta "yarim ochkolik" natija qayd etdi va faqatgina ochkolarining o'zi uchun 100 ming evro ishlab topdi. Asosiy g'oliblik mukofoti va ochkolar bonusi qo'shilganda, Javohir Sindarov turnirda jami 170 ming evro miqdoridagi mablag'ni qo'lga kiritdi. Bu o'zbek shaxmatidagi eng yirik shaxsiy sovrinlardan biri sifatida tarixda qoladi.

Fikrlar