So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

15 avg 11:49
Yangiliklar

SHaxmat

Sindarov qatnashayotgan Grand Chess Tour: Sinquefield Cup 2026 turnirida 5-tur ortda qoldi

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Grand Chess Tour seriyasining hal qiluvchi bosqichi - Sinquefield Cup 2026 turnirida 5-tur partiyalari o'ynaldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari ishtirok etayotgan turnir klassik shaxmat yo'nalishida 9 turdan iborat aylanma tizimida o'tkazilyapti. Beshinchi turda Javohir Sindarov amerikalik Sem Sevianga qarshi oq donalarda o'ynab, durang natija qayd etdi. 

Bu turda ikkita g'alaba qayd etildi. Amerikalik Fabiano Karuana hamyurti Levon Aronyanni, germaniyalik Vinsent Keymer niderlandiyalik Anish Girini oq donalarda mag'lubiyatga uchratdi. Qolgan partiyalar durang natija bilan yakunlandi. 

Beshinchi turdan so'ng Uesli So 5 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg'arib, yakka peshqadamlik qilyapti. To'rt nafar ishtirokchi - Fabiano Karuana, Vinsent Keymer, Rameshbabu Praggnanandha, Maksim Vashe-Lagrav 3 ochkodan jamg'arib, Top-5`talikdan joy olgan. Levon Aronyan va Sem Sevian hisobida 2,5 ochkodan bor. Javohir Sindarov 2 ochko bilan 8-pog'onada bormoqda. Anish Giri 1,5 ochko bilan 9, 1 ochkoga ega Yorden van Forest esa so'nggi 10-o'rindan joy olgan.

Bugun turnirda dam olish kuni sifatida elon qilingan. Ertaga o'tkaziladigan 6-turda Javohir Sindarov qora donalarda Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Ertangi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. 

To'liq ishtirokchilar tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuana (AQSH), Pragnanandhaa Rameshbabu (Hindiston), Uesli So (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Anish Giri (Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Yorden van Forest (Niderlandiya), Sem Sevyan (AQSH).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing