29 apr 15:49
Yangiliklar
Sindarov va Abdusattorov Toshkentdagi nufuzli turnirda ishtirok etadi
7-15 iyun kunlari Toshkent shahri UzChess Cup 2026 turniriga mezbonlik qiladi. O'z tarixida uchinchi bor tashkil etilayotgan musobaqaning mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollaridan iborat bo'lib, uch guruhda o'tkaziladi.
Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov hamda "Nomzodlar turniri" g'olibi, amaldagi Jahon kubogi sohibi Javohir Sindarov hamda yana ikki grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov va Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin uchun bahs olib boradi.
SHuningdek, Yan Nepomnyashiy (FIDE), Arjun Erigaisi, Vidit Gujrathi (Hindiston), Xans Mok Niemann (AQSH), SHaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Nikolas Teodoru (Greciya) singari taniqli grossmeysterlar Toshkentga kelishlarini tasdiqlashgan.

Fikrlar