So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

04 dek 17:31
Yangiliklar

SHaxmat

Singapore International Open. Guldonada ketma-ket ikkinchi mag'lubiyat, qolganlarda g'alaba

Xabaringiz bor, shu kunlarda Singapurda shaxmat bo'yicha Singapore International Open turniri bo'lib o'tmoqda.

A va V guruhlarida tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning 40 ga yaqin davlati sportchilari qatori o'zbekistonlik shaxmatchi qizlar ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Ular orasida isteodli shaxmatchimiz Guldona Karimova (2115) etakchilar safida borayotgan edi. Afsuski, ketma-ket mag'lubiyatlar sabab u turnir jadvalida yaxshigina pastlab, sovrindorlar safidan joy olish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Guldona 7-turda oq donalarda o'ynab, filippinlik grossmeyster Jon Gomezga yutqazib qo'ydi.

Nodira Nodijonova, Umida Omonova, Barchinoy SHokirjonova, Marjona Malikova va Asal Salimova 7-turda g'alabaga erishdi. Nilufarxon Imomqo'zieva singapurlik raqibi bilan murosaga keldi. Nodirjonov filippinlik grossmeyster Laylo Darvin (2402)dan, Omonova esa mo'g'ulistonlik grossmeyster Sumiya Bilguun (2470)dan ustun kelganini takidlash joiz.

Ochkolarini 4,5 taga etkazib olgan Nodirjonova va Omonova qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra mos ravishda 59 va 60-o'rinni band etgan. SHuncha ochkoga ega ispaniyalik Eduardo Iturrizaga 37-pog'onadan joy olgan. Barchinoy SHokirjonova 4 ochko bilan 103, Guldona Karimova 3,5 ochko bilan 121-o'rinni egallab turibdi. Uch yarim ochkoga ega Asal Salimova 144-pog'onada bormoqda. Polshalik Yan Klimkovski 6 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib olgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing