So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

03 dek 09:49
Yangiliklar

SHaxmat

Singapore International Open. Mag'lubiyatsiz tur. Guldona yana bir grossmeyster bilan durang o'ynadi, qolganlarda g'alaba!

Xabaringiz bor, shu kunlarda Singapurda shaxmat bo'yicha Singapore International Open turniri bo'lib o'tmoqda.

A va V guruhlarida tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning 40 ga yaqin davlat sportchilari qatori o'zbekistonlik shaxmatchi qizlar ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Ular orasida isteodli shaxmatchimiz Guldona Karimova (2115) etakchilar safida bormoqda. Kecha shaxmatchimiz oq donalarda mo'g'ulistonlik grossmeyster Sumiya Bilguun bilan murosaga keldi. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhi bahslarida qatnashayotgan Guldona 5 imkoniyatdan 3,5 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 24-o'rinni egallab turibdi. Hindistonlik Ilamparti 5-turdan keyin 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. SHu turgacha karvonboshi bo'lib kelgan rossiyalik grossmeyster Volodar Murzin 4 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 2-o'rinni band etgan. Yana 19 nafar shaxmatchi hisobida ham 4 ochkodan bor. 

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida o'z doskasida kumush medalni qo'lga kiritgan Nodira Nodirjonova (2137) ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Tajribali shaxmatchimiz oq donalarda singapurlik Venkata Daneshdan ustun kelib, ochkolarini 3 taga etkazib oldi. Umida Omonova qora donalarda o'ynashiga qaramay, xitoylik Yuxu Jouni taslim etdi. Qora donalarda o'ynagan Barchinoy SHokirjonova hindistonlik Devansh Singhni mag'lubiyatga uchratdi.  

Beshinchi turda shaxmatchi qizlarimizdan birgina Nilufarxon Imomqo'zieva ochko yo'qotdi. U oq donalarda harakat qilib, avstraliyalik Kris CHan bilan durang o'ynadi. Asal Salimova esa qora donalarda hindistonlik Kirtikani engdi. 

Oltinchi tur oldidan Barchinoy SHokirjonova qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 97, Nodira Nodirjonova 107, Umida Omonova 127, Asal Salimova 150-o'rinni egallab turibdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing