So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

02 dek 09:51
Yangiliklar

SHaxmat

Singapore International Open. Nodirjonovada g'alaba, Guldona kuchli grossmeyster bilan durang o'ynadi

SHu kunlarda Singapurda shaxmat bo'yicha Singapore International Open turniri bo'lib o'tmoqda.

A va V guruhlarida tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning 40 ga yaqin davlat sportchilari qatori o'zbekistonlik shaxmatchi qizlar ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Ular orasida isteodli shaxmatchimiz Guldona Karimova (2115) etakchilar safida bormoqda. 

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhi bahslarida qatnashayotgan Guldona 4 imkoniyatdan 3 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 13-o'rinni egallab turibdi. Rossiyalik grossmeyster Volodar Murzin 3,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra peshqadamlik qilyapti. Yana 7 nafar shaxmatchi hisobida ham 3,5 ochkodan bor. Guldona 3-turda italiyalik grossmeyster Alessio Valsekki (2478)ni mag'lub etishni uddalagandi. 

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida o'z doskasida kumush medalni qo'lga kiritgan Nodira Nodirjonova (2137) qora donalarda singapurlik Aditiya Gnanasekardan ustun kelib, ochkolarini 2 taga etkazib oldi. Umida Omonova oq donalarda o'ynashiga qaramay, mezbonlar vakilasi Jonatan Auyung bilan murosaga keldi. 

Uchinchi turda shaxmatchi qizlarimizdan Nilufarxon Imomqo'zieva va Asal Salimova raqiblariga yutqazib qo'yishdi. Barchinoy SHokirjonova esa filippinlik Paulo Bersamina bilan durang qayd etdi. Bugun 5-turda Guldona Karimova o'zi singari 3 ochkoga ega bo'lib turgan mo'g'ulistonlik grossmeyster Sumiya Bilguunga qarshi oq donalarda o'ynaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing