So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

05 dek 09:30
Yangiliklar

SHaxmat

Singapore International Open. SHaxmatchi qizlarimizda g'alabasiz tur, eng yaxshi natijamiz hozircha 66-o'rin!

Singapurda o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha Singapore International Open turniri o'zining yakuniy bosqichiga keldi.

A va V guruhlarida tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning 40 ga yaqin davlati sportchilari qatori o'zbekistonlik shaxmatchi qizlar ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Isteodli shaxmatchimiz Guldona Karimova (2115) musobaqadagi ishtirokini yaxshi boshlagan edi. Ammo u ketma-ket uchta turda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Kecha u 8-turda hindistonlik Abjihet Nishantga imkoniyatni boy berdi.   

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida o'z doskasida kumush medalni qo'lga kiritgan Nodira Nodirjonova (2137) ketma-ket ikki g'alabadan keyin mag'lubiyatga uchradi. Tajribali shaxmatchimiz oq donalarda o'ynashiga qaramay, singapurlik Jayden Vongga yutqazib qo'ydi. Umida Omonova oq donalarda vetnamlik Day Xuong bilan durang o'ynadi. Barchinoy SHokirjonova filippinlik Ruelle Kanino bilan murosaga keldi. 

Nilufarxon Imomqo'zieva malayziyalik Mohan Kevin, Asal Salimova indoneziyalik Arif Rahmon bilan durang qayd etdi. Marjona Malikova esa mezbon shaxmatchi Jay Aditiya Gnanasekarga imkoniyatni boy berdi.  

Kuchlilar jam bo'lgan A guruhi bahslaridagi hozircha eng yaxshi natijamizga Umida Omonova erishib turibdi. Terma jamoamiz azosi 8 imkoniyatdan 5 ochko to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 66-pog'onadan joy olgan. Turnir jadvalining 38-pog'onasidagi serbiyalik Teodora Injach hisobida ham 5 ochko bor. 

So'nggi 9-tur oldidan Nodira Nodirjonova (4,5 ochko) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 88, Barchinoy SHokirjonova (4,5 ochko) 101, Asal Salimova (4 ochko) 140-o'rinni egallab turibdi. Guldona Karimova hisobida 3,5 ochko bor.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing