So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

06 dek 11:16
Yangiliklar

SHaxmat

Singapore International Open turniri yakunlandi. SHaxmatchi qizlarimiz nechanchi o'rinlarni band etishdi?

Singapurda o'tkazilgan shaxmat bo'yicha nufuzli Singapore International Open turniri o'z yakuniga etdi.

A va V guruhlarida tashkil etilgan musobaqada dunyoning 40 ga yaqin davlati sportchilari qatori o'zbekistonlik shaxmatchi qizlar ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazishdi. Istedodli shaxmatchimiz Guldona Karimova (2115) musobaqadagi ishtirokini g'alaba bila yakunladi. U ketma-ket uchta mag'lubiyatdan keyin so'nggi 9-turda avstraliyalik Jeremi O`kerrolni mag'lubiyatga uchratdi. 

Butunjahon shaxmat Olimpiadasida o'z doskasida kumush medalni qo'lga kiritgan Nodira Nodirjonova (2137) qatorasiga ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Tajribali shaxmatchimiz 9-turda qora donalarda o'ynab, hindistonlik Rauhlga yutqazib qo'ydi. Umida Omonova (2168) ham mag'lub bo'ldi. U qora donalarda vetnamlik Gia Bannga imkoniyatni boy berdi. Barchinoy SHokirjonova (2033) hindistonlik Krishnan Saravanadan engildi. 

Nilufarxon Imomqo'zieva (1883) ham musobaqadagi ishtirokini mag'lubiyat bilan tugatdi. Asal Salimovada g'alaba, Marjona Malikovaning partiyasida esa durang natija bo'ldi. Kuchlilar jam bo'lgan A guruhi bahslaridagi eng yaxshi natijamizga Umida Omonova erishdi. Terma jamoamiz azosi 9 imkoniyatdan 5 ochko to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 91-pog'onadan joy oldi. 

Asal Salimova (5 ochko) qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 109, Guldona Karimova (4,5 ochko) 120, Nodira Nodirjonova (4,5 ochko) 123, Barchinoy SHokirjonova (4,5 ochko) 131-o'rin bilan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing