10 noy 08:46
Yangiliklar
Tennis
Sinner - dunyoning 21 yoshgacha bo'lgan eng kuchli tennischisi!
Italiyaning Milan shahrida 21 yoshgacha bo'lgan tennischilar o'rtasida yilning Yakuniy ATP chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Reyting bo'yicha dunyoning eng kuchli sakkiz nafar tennischisi ishtirok etgan turnirda mezbon raketka ustasi Yannik Sinner bosh sovrin sohibiga aylandi. Dunyo reytingida 95-pog'onadan joy olib turgan italiyalik 18 yoshli tennischi final uchrashuvida sayyoramizning 18-raketkasi, avstraliyalik Aleks Di Minaurni mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
Yannik Sinner 1 soatu 4 daqiqa davom etgan bahsda kuchli raqibidan 4/2, 4/1, 4/2 hisobida ustun keldi. 18 yoshli Sinner ham, 20 yashar Minaur ham uchrashuv davomida 2 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Next Gen ATP Finals turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Sinnerga 372 ming dollar keltirdi.
Havola :
Fikrlar