So’nggi yangiliklar

18:17UFC собиқ чемпиони Хабиб ва Алекс Перейранинг фаолияти ўртасидаги фарқ ҳақида гапирди 0 17:51Александр Волковнинг кейинги рақиби ким бўлиши мумкин? 0 17:25"Маракана" стадиони сотувга қўйилди 0 17:01Жон Жонс яна Оқ уйдаги турнир борасида Дана Уайтга мурожаат қилди 0 16:38Дэн Хукер: "Гэтжи билан жанг бош оғриғи. Арман Царукян билан жанг эса — чемпионлик учун йўл" 0 16:16Махачев Нью-Йоркдаги тайёргарлик лагери ҳақида: "Бундай қиммат ижара нархларини дунёда кўрмаганман" 0 15:54Винисиус Жуниор учун асосий даъвогар маълум 0 15:28Девин Хейни Райан Гарсияни судга бериш режасидан воз кечди 0 15:05"Менимча Хабиб UFC тарихида учта вазн тоифасида чемпион бўлган илк спортчи бўлиши мумкин эди" - Сехудо 0 14:44Собиқ UFC чемпиони жиддий ЙТҲга учради + ФОТО 0 14:23"Наполи" МЮнинг яна бир футболчисини олмоқчи 0 14:02Диёра Келдиёрова: "Бу катта ғурур!" 0 13:41Камбоджа 2029 йилги ёшлар ўртасидаги Осиё ўйинларини икки йилга кечиктиради 0 13:20Жасур Алижонов: "Бу ерда ухлатмасангиз, ғалабани олиш қийин, айниқса..." 0 12:59"Барселона" Левандовскининг ўрнига Туркиядан ҳужумчи обкелмоқчи 0

06 fev 08:20
Yangiliklar

Boshqalar

Sirdaryoda “Workout” va “Streetbol” tushunchalari ommalashmoqda

Teglar :  WorkoutStreetbol
Cirdaryoda aholining sport bilan shug'ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida “Workout”, “Streetbol” (ko'cha fitnesi) va badminton maydonchalari barpo etilmoqda.

Bugungi kunda aholini ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmonida sportning ustuvor turlari sifatida belgilangan “Workout”, “Streetbol” (ko'cha fitnesi) va badminton sport turlarini rivojlantirish maqsadida maxsus maydonchalar qurilib, ommaviy musobaqalar o'tkazilmoqda.

SHu maqsadda Sirdaryo viloyatining barcha tuman (shahar)larida joylashgan mahallalarda sport maydonchalari barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda. Hozirga qadar hududda jami 46ta “Workout”, “Streetbol” va badminton maydonlari qurib bitkazildi. Qo'shimcha yana 37ta mahallada sport maydonlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Yil yakuniga qadar viloyatda mavjud 224ta mahallaning 168tasida sport maydonlari tashkil etilib, aholi ixtiyoriga topshirilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing