So’nggi yangiliklar

18:41"Абсурд" — Ренато Мойкано Евлоев - Мёрфи жанги натижасини танқид қилди 0 18:20"Қайтиш истагим йўқ эди". Фьюри Маҳмудов билан бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 17:59"МЮ чемпионлик учун курашарди!" — Майкл Оуэн Кэррикнинг ишига юқори баҳо берди 0 17:38Евлоев Волкановскига жавоб берди: "Сени енгиш учун менга кураш керак эмас!" 0 17:17Холлоуэй Макгрегор билан иккинчи жангни хоҳламоқда 0 16:56Лерон Мёрфи Диего Лопесга "вызов" ташлади 0 16:35"Бир вақтнинг ўзида "Атлетико"ни ҳам бошқараман!" — Клопп "Реал" ҳақидаги миш-мишларга кескин жавоб берди 0 16:14Алекс Волкановски Евлоевга қарши эҳтимолий жанг муддатини айтди 0 15:53Жон Жонс: "Россия янги ўғил асраб олди" 0 15:32Дана Уайт Жон Жонснинг янги баёнотига кескин жавоб қайтарди 0 15:11Гвардиола Европанинг энг кучли уч жамоасини айтди: "Арсенал" ҳам рўйхатда! 0 14:5019 ёшли аёл боксчи нокаутдан сўнг сунъий комага ўтказилди 0 14:29Мовсар Евлоев Волкановски билан UFC чемпионлик жанги учун қачон тайёр бўлишини айтди 0 14:08Жо Роган Оқ уйдаги UFC турнирини қандай сақлаб қолиш мумкинлигини тушунтирди 0 13:47"Бу қизил эмас!" — Машҳур ҳакам Вальверденинг четлатилишига қарши чиқди 0

09 iyu 13:24
Yangiliklar

Boshqalar

Andijonda “Workout” musobaqasi g'oliblari aniqlandi

Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Workout” musobaqasining respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan mazkur musobaqada mamlakatimizning 14 ta hududidan 42 nafar yosh ishtirok etdi.

18-30 yosh toifasidagi yigitlar o'rtasida tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar turnik va brusda tortilish mashqlarini bajardi.  

Andijon shahridagi Ekoparkda joylashgan vorkout maydonida o'tkazilgan musobaqalar yuqori malakali hakamlar tomonidan baholab borildi. Mashqlarni belgilangan talablar asosida sifat va son jihatdan ustunlikda bajargan ishtirokchilar g'oliblikni qo'lga kiritdi.  

Yakuniy natijalarga ko'ra,  Qashqadaryo viloyatidan Daler Bo'riev birinchi, Surxondaryo viloyatidan Obidjon Xolmo'minov ikkinchi, Qoraqalpog'iston Respublikasidan Jasur Rajabboev uchinchi o'rinni egalladi.  

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.  

Takidlash joiz,  mazkur musobaqada faxrli 1,2,3-o'rinni egallagan yoshlarning mahallalarida sport maydonchalari qurib beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing