So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

28 iyu 15:59
Yangiliklar

Engil atletika

Skandinavcha yurish bo'yicha “Yur, Toshkent” marafoni o'tkazildi

Teglar :  MarafonToshkent
Poytaxtimizdagi bir qator istirohat bog'larida xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida skandinavcha yurish bo'yicha “Yur, Toshkent” nomi ostida marafon o'tkazildi.

Mazkur tadbir poytaxtimiz aholisi o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan o'tkazilayotgan “Safimizga qo'shiling” akciyasi doirasida bo'lib o'tdi.

Bundan tashqari, Sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan “Central park” bog'ida ommaviy gimnastika va 5 kilometrga faol yurish mashqlari bo'yicha oilaviy musobaqalar ham uyushtirildi.

— Poytaxtimizdagi barcha bolalar-o'smirlar sport maktablari qoshida 55 yoshdan yuqori bo'lgan ayollar uchun “Havaskor ayollar sport klubi” tashkil etildi. Bugun o'tkazilgan tadbirlar ham ushbu klub azolari sonini yanada oshirish maqsadida o'tkazildi, - deya Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Mursaqulov yuqoridagi tadbirlarning ahamiyati haqida gapirib o'tdi.

Ushbu tadbirlar ayollar salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda ayollarning salomatligiga muhim masala sifatida qaraladi. Zero, sog'lom onadan sog'lom bola dunyoga keladi. Barkamol avlodni tarbiyalash mamlakat istiqbolini taminlash demakdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing