06 noy 11:30
Yangiliklar
Futbol

Slovakiyalik futbolchi qanot hakamining qo'lini so'radi
Slovakiya chempionatining 5-ligasi doirasidagi o'yinlarning birida qiziq holat kuzatildi.
Bir qarashda “Nijniy” va “Tatran” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv deyarli hech kimga qiziq emasdek edi. Lekin o'yindan oldin bo'lib o'tgan holat ko'pchilikning diqqat-etiborini o'ziga tortdi.
“Nijniy” klubi futbolchisi Lyubomir Vajechka o'yin boshlanishi oldidan tiz cho'kib, qanot hakami Petra Lepachkovaning qo'lini so'radi. Qiz ham javobni ko'p kuttirmadi. Uning javobi “ha” bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar