16 may 08:42
Yangiliklar
Futbol

Smolling kelajagi borasida qaror chiqaradi
"Mail On Sunday" nashri xabariga ko'ra, "Roma" tarkibida ijarada o'ynayotgan "Manchester Yunayted" futbolchisi Kris Smolling kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.
30 yoshli angliyalik futbolchi hozirda bu borada qaror qabul qila olmayapti. Rimliklarning asosiy himoyachisiga aylanib ulgurgan Krisni "Roma" yozda 16 mln evro evaziga sotib olishga tayyor bo'lib turibdi. Kris esa mavsum yakunlanishini kutmoqda.
Oldinroq futbolchining xizmatlariga "Yuventus", "Inter", "Arsenal" kabi klublar tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi. Ushbu mavsumda Kris A Seriyaning 21 o'yinida 2 gol va 1 assist amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar