16 avg 16:53
Yangiliklar
Futbol

Sobiq FIFA prezidenti Joao Avelanj 101 yoshida vafot etdi
Xalqaro futbol federaciyalari associaciyasi (FIFA) sobiq prezidenti Joao Avelanj 101 yoshida bu hayotdan ko'z yumdi.
Braziliyalik bu futbol funkcioneri FIFA tashkilotini 1974 yildan 1998 yilgacha boshqargan edi. U Olimpiya o'yinlari o'tkazilayotgan Rio-de-Janeyro shahrida vafot etdi.
FIFA rahbarligiga Zepp Blatter kelgach, Joao Avelanj tashkilotning faxriy prezidenti bo'lib qolgandi. U bir asr yashaganiga qaramay, so'nggi kuniga qadar sport bilan hamohang bo'ldi. Joao o'z vatanida o'tkazilayotgan Olimpiadani kuzatib borayotgandi.
Havola :
Fikrlar