14 okt 12:41
Yangiliklar
Sobolenko - uch karra Wuhan Open chempioni!
Musobaqa bosh sovrini qatorasiga ikkinchi yil ham Arina Sobolenkoga nasib etdi. Belaruslik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan xitoylik CHjen Cinvenni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 5/7, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yanada yiriklashdi - 4:0. Ikki soatu 41 daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 7, CHjen 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar CHin yurti vakilasi etti barobar ko'p bo'ldi - 8 ga 1. Breyklar bo'yicha ustunlik Arina tomonida - 7 ga 5!
Sobolenko ushbu turnirda uchinchi marotaba bosh sovrin sohibasiga aylandi. U 2018-2019 yillarda ham chempion bo'lgan edi. U bir haftalik mehnatidan 1000 reyting ochkosi hamda 525 ming 115 AQSH dollari ishlab oldi. CHjen esa 650 ochko va 309,280 AQSH dollariga ega chiqdi.
Fikrlar