05 fev 07:51
Yangiliklar
Tennis

Sofia Open. Istomin bugun 16 yoshli tennischiga qarshi kortga chiqadi
Bugun Bolgariyaning Sofiya shahrida tennis bo'yicha Sofia Open turnirining asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 501 345 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Bugun Istomin birinchi davra uchrashuvida bolgariyalik Adrian Andreevga qarshi kortga chiqadi.
Bu yil may oyida 17 yoshga to'ladigan Andreev ATP reytingida qayd etilmagan. Unga turnir tashkilotchilari imtiyozli yo'llanma taqdim etishgan. Istomin esa musobaqaga dunyoning 75-raketkasi sifatida ko'rsatilgan.
Agar Denis bu bahsda g'alaba qozonsa, ikkinchi davrada
katta ehtimol bilan serbiyalik Viktor Troicki bilan to'qnash keladi. Troicki
turnirning oltinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar