07 fev 08:19
Yangiliklar
Tennis

Sofia Open. Istomin o'zidan 15 yoshga kichik tennischini engdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida tennis bo'yicha Sofia Open turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 501 345 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Kecha kechqurun Istomin birinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi.
Uning raqibi bolgariyalik 16 yoshli Adrian Andreev bo'ldi.
Bir soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 74-o'rinni egallab turgan
Istomin reytingi umuman bo'lmagan raqibini 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar